Aholiga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha yillik foiz stavkasi 2025-yil aprel oyida 22,6 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bir yil avvalga nisbatan 2 foizga kamaygan. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
2024-yil aprelidan 2025-yil aprelgacha bo‘lgan davrda kreditlar bo‘yicha stavkalar pasayish tendensiyasini ko‘rsatdi. Aholi uchun ajratilgan kreditlar foizi aprel oyida 24,6% bo‘lsa, sentabrda 23,8 foizga tushgan. Dekabrda 24,9 foizga ko‘tarilgach, keyingi oylar davomida asta-sekin kamayib, aprelga kelib 22,6 foizni tashkil qildi.
Tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar stavkasi esa nisbatan barqaror bo‘lib, 22,4-22,9% oralig‘ida saqlangan. Eng yuqori daraja 2024-yil iyul oyida qayd etilgan.
Depozitlar bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra, jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari foiz...