O‘zbekiston hukumati tomonidan bolalar salomatligini yaxshilash va nogironlikning oldini olishga qaratilgan yangi tizimni yaratish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-iyulgacha kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida mebel va jihozlar xaridi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Shuningdek, ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida quyidagi axborot tizimlari yo‘lga qo‘yiladi:
2025-yil 1-martgacha – «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida «Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish» axborot moduli hamda uning mobil ilovasi. 2025-yil 1-sentabrgacha – «Bolalar salomatligi» axborot tizimi, bu tizim bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarni erta aniqlash, ularni ijtimoiy-tibbiy yordam bilan qamrab olish hamda nogironligi...