Xiaomi kompaniyasi fevral oyi oxirida ikkita yuqori darajadagi qurilmalar – Xiaomi 15 Ultra smartfoni va Xiaomi SU7 Ultra elektromobilining taqdimoti bo‘lishini rasman tasdiqladi. Kompaniya rahbari Ley Junning so‘zlariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida ikkita Ultra bozorga chiqariladi. Bu haqda Ithome nashri ma’lum qildi.
Smartfon 16 GB tezkor xotira va 512 GB ichki xotiraga ega bo‘ladi. Qurilma 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlanib, 90 Vt simli va 50 Vt simsiz tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Kamera tizimi 1 dyuymli katta sensor va 200 MP periskop telefoto linzalar bilan jihozlanishi kutilmoqda.
Xiaomi SU7 Ultra esa 1548 ot kuchiga ega uchta elektr motor bilan ta’minlanadi...