Amerikaning texnologiya giganti Apple kompaniyasi dunyodagi eng yirik investitsiya banklaridan biri Goldman Sachs bilan hamkorlikni to’xtatmoqchi. Tomonlar endi kredit kartalari yo’nalishini ishlab chiqmaydi, deb ma’lum qildi The Wall Street Journal (WSJ).
Manbalarning WSJ’ga ma’lum qilishicha, Apple Goldman Sachs’ga shartnomani bekor qilish taklifini yuborgan. Ular buni 12-15 oy ichida amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Gadjet ishlab chiqaruvchisi yangi emitentni tanlagan-tanlagani noma’lum.
Nashrning yozishicha, Apple Goldman Sachs bilan barcha qo‘shma dasturlarni tugatishni rejalashtirmoqda. Bularga kredit kartalari va jamg’arma hisoblari sohalari kiradi. Ushbu tashabbuslar mos ravishda 2019- va 2023-yillarda amalga oshirila boshlandi.
Apple kompaniyasining Goldman Sachs bo’yicha rejalari so’nggi 12 oy ichida keskin o’zgardi...