Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha yagona tariflar joriy etilishini ma’lum qildi.
Toshkent viloyatining 22 ta shahar va tumanlarida axlat yig‘ish bo‘yicha oylik tariflar aholi uchun—4,4 ming so‘m, korxonalar uchun QQS bilan bir kubometr uchun— 68,3 ming so‘mni tashkil etadi.
Samarqand va Samarqand viloyatida mos ravishda— 5 ming va 90 ming so‘m. Boshqa hududlarda oylik to‘lov aholi uchun— 4,1 ming so‘m, korxonalar uchun— 59,6 ming so‘m bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati shaharlarida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari— 5 ming so‘m, korxonalar uchun— 53,7 ming so‘m. Holbuki, tumanlarda bu miqdor...