Prezident joriy yilning oktabr oyida yirik alloma Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligini munosib nishonlashga doir qarorni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, allomaning «Ash-Shamoil al-Muhammadiyya» va «Sunani Termiziy» asarlari tarjima qilinadi va sharhi bilan birga nashrdan chiqariladi.
Oktabr oyida poytaxtimizda «Islom – tinchlik va ezgulik dini» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi. Imom Termiziy tug‘ilgan Termiz shahrida esa «Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi.
Kuz oylarida Termiz davlat universiteti va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida «Termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosi: oʻtmish va bugun» mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.