Ancor va The Talentist kompaniyalari O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari ish beruvchilarni qanday tanlashlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Reliz «Kursiv»da bor.
Davlat aholisi ish joyini tanlash shartlari orasida birinchi o‘rinda yaxshi maosh turadi. Bu omilni O‘zbekiston fuqarolarining 48 foizi ustuvor deb atagan. Qozog‘istonliklar orasida bu ko‘rsatkich 85 foizni tashkil etgan.
Yoqimli ish muhitini oz‘bekistonnlikar ikkinchi o‘ringa qo‘yishdi – 43 foiz, Qozog‘istonda esa moliyaviy barqarorlikni tanlashdi – 78 foiz.
O‘zbekistonda uchinchi mezon «qiziqarli ish» -42 foiz, Qozog‘istonda esa uzoq muddatli ish bilan ta’minlash kafolatlari – 67 foiz.
Mamlakatimizda ish faoliyatning eng jozibali yo‘nalishlari moliyaviy xizmatlar, transport va logistikadir. Qozog‘istonda – avtobiznes va transport.