O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvardan boshlab kriptovalyuta sotib olish yoki sotish faqat respublikada litsenziyalangan platformalarda ruxsat etiladi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) saytida xabar berildi. 2024-yil fevral oyi boshida O‘zRda ikkita kriptobirja va 10 ta kriptodo‘kon ishlashga ruxsat oldi. «Kursiv» O‘zbekistonda qanday kriptovalyutalarni sotib olish mumkinligi va bunda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida mutaxassislar bilan suhbatlashdi.
Sotib olish uchun ro’yxatdan o’tish kerak
«Kursiv» jurnalisti aniqlaganidek, O‘zbekistonda rasman kriptovalyuta sotib olish juda oson. Xarid qilish jarayoni do’kon yoki birjaga qarab farq qilishi mumkin, ammo ba’zi umumiy fikrlar mavjud. Lockton Hub kriptodepozitariysi asoschisi va fanlar doktori Aleksey Yakovenko quyidagilarni taʼkidladi...