2025-yilda Tojikistonning O‘zbekistonga elektr energiyasi eksporti 894,7 million kVt/soatni tashkil etdi. Bu haqda Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi ma’lumotlarida keltirilgan.
Tojikistonning umumiy elektr energiyasi eksporti 5,36 milliard kilovatt-soatni tashkil qildi. Bu 2024-yilga nisbatan 37,3 foiz (1,45 milliard kVt/soat) ko‘pdir. Xususan, uch mamlakatga elektr energiyasining tijorat eksporti 2,67 milliard kVt/soatni tashkil etdi, bu esa 912,8 million somoniy (taxminan $100 million) ga teng.
Afg‘onistonga 742,3 million somoniyga ($79,5 million) teng 1,76 milliard kVt/soat, O‘zbekistonga 169,8 million somoniyga ($18,19 million) teng bo‘lgan 894,7 million kVt/soat, shuningdek, Qirg‘izistonga esa 1,2 million somoniylik ($128,5 ming) 11,5 million kVt/soat elektr energiyasi eksport qilindi...