Londonda faoliyat yurituvchi Ayan Capital islomiy fintech kompaniyasi Triple Point investitsiya kompaniyasidan £75 mln gacha, ya’ni joriy kurs bo‘yicha qariyb $101,6 mlnlik moliyalashtirish liniyasini jalb etdi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Ayan Capital’ga Alif asoschilari Abdullo Kurbanov, Firdavs Mirzoev va Zuhursho Rahmatulloev asos solgan.
Moliyalashtirish ijara tamoyiliga asoslangan bo‘lib, uning bir qismi Ayan Capital’ning amaldagi kreditor oldidagi moliyalashtirishini qayta tashkil etishga, qolgan qismi esa yangi mijozlarga avtomobillar taqdim qilish hajmini oshirishga sarflanadi.
Ayan Capital – Buyuk Britaniya Moliyaviy xulq-atvor boshqarmasi (FCA) tomonidan tartibga solinadigan, jismoniy shaxslar va bizneslarga shariat talablariga mos avtomobil moliyalashtirish xizmatlarini taklif qiluvchi fintech...