«Bunyodkor» stadionining qariyb 2 mlrd so‘mlik elektr energiyasi qarzdor ekani aniqlandi. O’zbekiston Professional futbol ligasi 4-sentabrdan buyon elektr ta’minotisiz qolayotgan stadionga «svet»sni qaytarish uchun aksiya boshladi.
Professional futbol ligasi ma’lumotiga ko‘ra, «Bunyodkor» futbol klubi va stadion bir qator qarzdorliklarga duch kelgan. Klub FIFA tomonidan sobiq futbolchilari Rivaldo va Itsuki Urata oldidagi qarzdorlik sababli taqiq ostida qolgan.
Stadionning qarzlari ko‘paygan
Qayd etilishicha, stadion ishchilar, soliqlar va kommunal to‘lovlar bo‘yicha ham qarzdor.
2025-yilda stadionda o‘tkazilgan konsert dasturidan keyin maydon chimi qayta tiklangan. Biroq stadion chimni yotqizgan kompaniya oldidagi majburiyatlarini ham to‘liq bajarmagan. Oqibatda qarzdorlik yangi chimning holatiga ham...