O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Hindistonning Bangalor shahrida o‘tayotgan Tech Mahindra Global Chess League – 2026 musobaqasining to‘rtinchi turida shov-shuvli g‘alabaga erishdi. 20 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anandni mag‘lub etdi.
Sindarov ishtirok etayotgan FYERS American Gambits jamoasi mazkur turda PBG Alaskan Knights bilan bahslashdi. Uchrashuvning markaziy partiyalaridan biri aynan Sindarov va Anand o‘rtasida kechdi.
Sindarov 56 yoshli Anandni mag‘lub etdi
Javohir Sindarov o‘zidan 36 yosh katta bo‘lgan tajribali raqibga qarshi muvaffaqiyatli o‘yin namoyish etdi. Uchrashuv yakunida o‘zbekistonlik grossmeyster Vishvanatan Anand ustidan g‘alaba qozondi.
Anand jahon shaxmatining eng mashhur vakillaridan biri bo‘lib, faoliyati davomida besh marta...