O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026-yil 1-sentabr holatiga $72,1 mlrdni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 1-avgustga nisbatan $7,8 mlrd yoki 12,1 foizga oshganini ko‘rsatadi.
«O‘zbekiston respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil avgust oyida $7,8 mlrdga oshdi. Xususan, oy davomida oltin narxining $4,1 mingdan $4,6 minggacha o‘sishining ta’siri +7,8 mlrd dollarni tashkil etdi», – deyiladi regulyator izohida.
O‘sish asosan oltin zaxiralari hisobiga yuz berdi. Avgust boshida $56,1 mlrd bo‘lgan oltin qiymati sentabr boshiga kelib $65 mlrdga oshdi. Oltinning jismoniy hajmi ham, 13,8 mlndan oshib, 14,1 mln unsiyaga yetdi.
Ammo xorijiy valyutadagi aktivlarda tushish kuzatildi. Ularning hajmi avgust boshidagi...