O‘zbekiston Markaziy banki 7 yil ichida birinchi marta asosiy stavkani 14 foizdan pastga tushirishga qaror qildi. Bu stavka 13,5% etib belgilangan. Indikatorning o’zgarishi haqidagi xabar regulyator matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
«Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi» – deyiladi MB xabarida.
Ko’rsatkich deyarli 1,5 yil ichida birinchi marta o’zgardi. Markaziy bank oxirgi marta 2023-yilning mart oyida asosiy stavkani pasaytirgan edi.
O‘zbekistonda bazaviy ko‘rsatkich yetti yil avval 14 foizdan past edi...