O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, o‘lchovli quyma oltinning 5 grammi 5,169 mln so‘mni, 10 grammi 10,337 mln so‘mni, 20 grammi 20,675 mln so‘mni va 50 grammi 51,687 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Oxirgi marta maksimal narx deyarli ikki oy oldin yangilangan, o‘shanda 5 gramm sof oltin uchun 5,158 million so‘m to‘lanishi kerak edi.
Markaziy bank boshqa shakllarda xarid qilish mumkin bo‘lgan oltin narxini ham e’lon qildi. Masalan, esdalik tangalar 15 grammi 15,657 mln so‘m, 20 grammi 20,867 mln so‘m qiymatga ega bo‘lib turgan bo‘lsa, 31,1 gramm oltin tanga 32,462 mln...