2025-yil 1-martdan boshlab, mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli ko‘chmas mulk obyektlari yangi tartibda ijaraga berilishi va sotilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hududi 10 ming kvadrat metrga teng bo‘lgan va baholangan, qiymati 5 ming BHMdan oshmagan obyektlar, tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 10-yil muddatga ijaraga beriladi. Bunda tadbirkorlar yangi loyihalarni ishga tushirishi va ish o‘rinlari yaratishi shart.
Shuningdek, davlat mulki uchun 4 yil davomida uzluksiz ijara to‘lovlarini amalga oshirgan va shartlarni bajargan tadbirkorga xususiylashtirish yoki sotish imkoniyati taqdim etiladi. Xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga o‘qitadigan mutaxassislar yoki tashkilotlarga esa dastlabki bir yil ijara to‘lovi...