29-yanvar kuni, soat 16:30 holatiga ko‘ra, «Biznesni rivojlantirish banki» orqali «Yangi bank» omonatchilariga 106 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berildi. Bu haqda Omonatlarni kafolatlash agentligi ma’lum qildi.
Agentlikning bildirishicha, har bir omonatchiga kompensatsiya mablag‘larini to‘liq va o‘z vaqtida to‘lash uchun zarur bo‘lgan barcha moliyaviy resurslar agent-bankka oldindan o‘tkazilgan. Hozirda agent-bankda mablag‘ yetishmovchiligi bilan bog‘liq hech qanday muammo mavjud emas.
Omonatchilardan asossiz xavotirga tushmaslik, kompensatsiya mablag‘larini o‘zlariga qulay vaqtda olishlari mumkinligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, «BRB» mobil ilovasida foydalanuvchilar sonining keskin oshgani sababli ilovani yuklab olishda ayrim texnik qiyinchiliklar kuzatilayotgani qayd etildi. Ushbu muammolar vaqtinchalik bo‘lib, ilovaning 24/7 rejimida...