Hozirgi kunda IIV JXD YHXXB xodimlari tomonidan piyodalar yo‘lakchasidan o‘tishda qonunchilikka zid harakatlarni amalga oshirgan piyodalarga jarima qo‘llanilmoqda. Bu borada Kursiv Uzbekistan IIV matbuot xizmat Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi.
Qayd etilishicha, bu kabi maxsus profilaktik tadbirlar yo‘llarda yuzaga kelayotgan ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida doimiy o‘tkazilib kelinadi.
«Piyodalar bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida bu kabi maxsus profilaktik tadbirlar doimiy o‘tkazilib turiladi», — dedi IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov.
Piyodalar yo‘lkasidan o‘tishda belgilangan tartibga amal qilmaslik oqibatida yo‘l transport hodisalari ko‘paymoqda. Shu sababdan kuchaytirilgan reyd tadbirlari doimiy o‘tkazilib, qoidabuzar piyodalarga bazaviy hisoblash...