18-fevral kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya yozmoqda «O‘zgidromet» agentligi.
Toshkent shahri va yaqin atrofida kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi esa 12-14° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda esa kuchayib 13-18 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuqdan 3° iliq, kunduzi esa 6-11° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin...