Bu yilgi Osiyodagi eng kuchli to‘fon Vyetnam shimolida 35 nafar odamlarning o‘limiga va keng ko‘lamli vayronagarchilikka sabab bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Vyetnam tabiiy ofatlarni boshqarish agentligining ma’lum qilishicha, to‘fon sabab bo‘lgan ko‘chki va toshqinlar oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan, 24 kishi esa bedarak yo‘qolgan.
To‘fon shanba kuni 7-sentabrda Vyetnamning shimoli-sharqiy qirg‘og‘iga yetib kelgan. Oqibatda millionlab uy xoʻjaliklari va kompaniyalar elektr energiyasiz qolgan. Magistral yoʻllarni suv bosgan, telekommunikatsiya tarmoqlari buzilib, koʻprik va minglab daraxtlar qulab tushgan. Shuningdek, koʻplab sanoat markazlarida iqtisodiy faoliyat toʻxtab qolgan.
Ikki millionlik aholiga ega qirg‘oq shahar Xayfondagi sanoat parklari va fabrikalar elektr...