Apple kompaniyasi oʻzining Maps ilovasida reklama xizmatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.
Bloomberg nashri muxbiri Mark Gurman manbalarga tayanib xabar berishicha, Apple Maps’dagi reklamalar Google Maps’da ishlatiladigan tizimga oʻxshash mexanizm orqali faoliyat yuritadi. Xususan, kompaniya brendlar va chakana savdo kompaniyalariga reklama joylashuvi va qidiruv kalit so‘zlari bo‘yicha taklif berish imkonini yaratadi. Natijada foydalanuvchi qidiruv amalga oshirganda, masalan, «eng yaxshi matcha» so‘rovi bo‘yicha, Starbucks yoki boshqa yaqin kafe zanjirlarining homiylik qilgan natijalari qidiruv ro‘yxatida koʻrinadi.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, reklama iOS, iPadOS va macOS platformalaridagi Maps ilovasida koʻrinadi, shuningdek, foydalanuvchilar Apple’ning web-ilovasi orqali ham ushbu...