Chery kompaniyasi Xitoyda Jaecoo J7 va Tiggo 7 avtomobillarini qaytarib olmoqda. Bu haqda CarNewsChin xabar bermoqda.
Qaytarib olish 2025-yil 1-apreldan 8-dekabrgacha ishlab chiqarilgan jami 1108 ta avtomobilni qamrab oladi. Gap Chery Tansuo 06 modeli va Tiggo 7 1.6T haqida ketmoqda. Tansuo 06 modeli xorijiy bozorlarda Jaecoo J7 nomi bilan sotiladi. Ushbu avtomobillar Chery’ning ixcham SUVlar qatoriga kiradi va Xitoy bozorida keng tarqalgan modellardan hisoblanadi.
Mutaxassislar ishlab chiqarish jarayonida ayrim avtomobillarda dvigatelning elektron boshqaruv bloki bilan bog‘liq simlar mahkamlanmagan bo‘lishi mumkinligini aniqlagan. Vaqt o‘tishi bilan bu simlar ishqalanib, shikastlanishi ehtimoli mavjud. Natijada avtomobil harakat vaqtida dvigatel to‘satdan o‘chib qolishi mumkin...