O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish va o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddati 2026-yil 10-avgustgacha uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Arizalar 10-avgustgacha qabul qilinadi
Yangi muddatga ko‘ra, nodavlat OTMlarga boshqa sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish, bir nodavlat oliygohidan boshqasiga yoki shu oliygoh doirasida o‘qishni ko‘chirish, shuningdek o‘qishni qayta tiklash uchun arizalar 2026-yil 10-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Arizalar qaysi platformalar orqali topshiriladi
Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish hamda o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali topshiriladi.
Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekistonga o‘qishni...