Fuqarolar uchun diniy mazmundagi materiallar va rasmiy ma’lumotlarni tezkor tekshirish imkonini beruvchi yangi Telegram bot ishga tushirildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi.
Endilikda @dinuzbbot maxsus chat boti orqali diniy mazmundagi materiallarning holati haqida tezkor va qulay tarzda xabardor bo‘lish mumkin. Tizim taqiqlangan yoki ruxsat etilgan kontent bo‘yicha ochiq ma’lumotlarni taqdim etishga xizmat qiladi.
Botning Taqiqlangan profillarni tekshirish bo‘limi orqali Oliy sud qaroriga asosan taqiqlangan ijtimoiy tarmoq profillari haqida ma’lumotlar beriladi. Unda profil nomi, ijtimoiy tarmoq, xulosa va izoh kabi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Diniy adabiyotlarni tekshirish bo‘limida esa adabiyot nomi, muallif, nashriyot, chop etilgan sanasi hamda...