O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning 2026/27-yilgi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi uchun qaydnomasidan joy oldi. 22 yoshli futbolchi klubning A ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.
«Manchester Siti» turnir uchun jami 23 futbolchini A ro‘yxatga kiritdi. Ular orasida Abduqodir Husanov ham bor.
Klub qaydnomasiga Donnarumma, Rulli, Bettinelli, Shabo, Lyuis, Husanov, Reys, Diash, Gehi, Gvardiol, Ayt-Nuri, Nunes, Kovachich, Anderson, Buaddi, Fernandes, Sherki, Foden, Doku, Allan, Ndiaye, Semenyo va Holand kiritilgan.
Niko O’Rayli va Rayan Makadu esa B ro‘yxatidan joy olgan.
«Manchester Siti» ilk o‘yinini «Portu»ga qarshi o‘tkazadi
«Manchester Siti» Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi ilk uchrashuvini 8-sentabr...