«Toshkent» respublika fond birjasidagi (RFB) joriy hafta savdolari UCI indeksining 0,26 foizga pasayishi bilan yakunlandi.
Qayd etilishicha, 21 ta yuqori likvidli aksiyadan 12 tasi tushgan, faqat bitta qimmatli qogʻoz oʻsha darajada qoldi, qolgan sakkiztasi esa oʻsishni koʻrsatdi.
Haftalik oʻsish yetakchilari qatoridan «Oʻzbektelekom»ning oddiy aksiyalari (+4%) joy oldi. Narx 4,7 mingga yaqinlashdi, lekin emitentning aksiyalari hali ham oʻtgan yili boʻlib oʻtgan IPO narxidan (6 ming) pastroq savdo qilmoqda.
Aksiyalari qimmatlashgan emitentlar qatoriga «Hamkorbank» ham kiritildi. Oddiy qimmatli qogʻozlarning yopilish narxi 12-iyul, juma kuni 26 soʻmni (+3,59%) tashkil etdi. Ushbu narxda moliya institutining bozor kapitallashuvi 3,35 trillion soʻmni ($265 million...