28-avgust kuni «Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tizimdagi muhim islohotlar» mavzusi bo‘yicha matbuot anjumanida soha vaziri Hilola Umarova o‘qituvchilar oylik maoshi haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar beradi.
«Hamma joyda shu savol beriladi. Umuman, o‘qituvchilarning oyligi oshishi biz uchun ham muhim. Bu bo‘yicha Moliya vazirligi bilan doimiy hamkorlikda ishlayapmiz. Bir narsani aytib o‘tishimiz kerak, bugun $1000 dan ko‘p oylik oladigan ustozlarimiz bor»— deydi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri.
Hilola Umarova so‘lariga ko‘ra, shaffof testdan o‘tgan o‘qituvchilarga mukofot sifatida har oyda ta’lim vaziri jamg‘armasidan 5,7 mln so‘m ajratiladi...