2024 yil yanvar–iyun oylari yakunlari bo‘yicha tijorat banklari tomonidan ajratilgan jami kreditlar 126,7 trln so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, tijorat banklari tomonidan ajratilgan jami kreditlardan 45,3 trln so‘mi jismoniy shaxslarga berilgan.
Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, tijorat banklarining umumiy kredit portfeli 493,9 trln so‘mni tashkil qilgan, shuningdek, ipoteka kreditlari qoldig‘ining ulushi 12,5 foizga, ya’ni 61,8 trln so‘mga yetgan.
Mikroqarzlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14 foizga, mikrokreditlar 7 foiz bandga hajmi oshgan bo‘lishiga qaramay avtokreditlar ulushi 20 foizga kamaygan.
Hisobot davrida ajratilgan ipoteka kreditlari miqdori 2023-yil ko‘rsatkichlariga nisbatan...