O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan fuqarolar qo‘lga olindi. Ushlangan shaxslarning yonidan jami 18,2 ming AQSh dollari, 50,4 ming Rossiya rubli va 37 million so‘mga yaqin pul miqdori chiqqan. Bu haqda Bosh prokuratura departamentining rasmiy Telegram sahifasida quyidagicha bayonot berildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.R fuqaro M.T.ga 5,1 ming AQSh dollarini 64,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Fuqaroning yonidan jami 8,2 ming AQSh dollari, 39,2 ming Rossiya rubli, 50 yevro va 33,2 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Sho‘rchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham shu kabi jinoyatchilikka chek qo’yildi. Voqea joyida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib...