Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi ota-bola faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.
Gap shundaki, 1969 va 1997-yillarda tug‘ilgan ota-bola o‘z yashash xonadonida aylanma yo‘llar orqali olib kelingan dori vositalarini saqlashga mo‘ljallangan yashirin ombor tashkil qilib, u yerda dori vositalarini saqlash hamda dorixonalarga o‘tkazish bilan shug‘ullangan.
Tezkor tadbir davomida ularga tegishli xonadon va avtomobil ko‘zdan kechirilganda, asosan Turkiya va Hindistonda ishlab chiqarilgan «Dyuspatalin», «Novomiks», «Galvus MET» kabi 87 turdagi, jami 133 ming 374 dona, taxminiy qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan dori vositalari hamda $50 ming...