Paralimpiya chempioni Аsila Mirzayorova Ijtimoiy himoya milliy agentligida nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil sifatida ish boshladi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 22-oktabr kuni Agentlikda bo‘lib o‘tgan tadbirda para yengil atletika bo‘yicha paralimpiya chempioni Аsila Mirzayorova nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakili sifatida tanishtirildi.
«Аgentligimiz oilasiga yana bir paralimpiya chempioni qizimiz kelib qo‘shildi. Biz Аsila bilan Parijda birga ishlashni niyat qilgan edik. Bugun shu niyatimiz amalga oshdi: Аsila Mirzayorova agentlik Maxsus vakili bo‘ldi. Аgentlik oilasiga xush kelibsiz Аsila! Аsila juda kuchli va aqlli qiz. Аsila...