2024-yil yanvar–sentabr oylarida 4,5 million oʻzbekistonlik turist sifatida chet elga chiqdi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 million nafarga yoki 35,8 foizga oshgan.
O‘zbekistonliklar eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar orasida Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilik qildi. Shundan Qirgʻizistonga — 2,1 mln, Tojikistonga — 895,1 ming, Qozogʻistonga — 719,9 ming nafar safar qilgan.
Shuningdek, turist sifatida Rossiyaga (222,9 ming), Turkiyaga (180,9 ming), Saudiya Arabistoniga (121,9 ming), BAA (90,3 ming), Misrga (32,1 ming), Quvaytga (20 ming), Janubiy Koreyaga (17,5 ming) tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning yanvar–iyul oylarida jami...