Oliy Majlis senatorlari tomonidan hayvon va oʻsimliklarga zarar yetkazish uchun jazo choralarini kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda portlovchi moddalar, elektr toki, kimyoviy va biologik preparatlar yordamida ov qilish va baliq ovlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 400 dan 600 baravarigacha (112 milliondan 168 million soʻmgacha) jarima solinadi. Shuningdek, uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham qoʻllanilishi mumkin.
Shuningdek, binolarni qurish yoki rekonstruksiya qilishda buta, daraxt va boshqa oʻsimliklarga qasddan zarar yetkazganlik uchun fuqarolarga 35 dan 50 BHMgacha (9,8 milliondan 14 million soʻmgacha) miqdorda, mansabdor shaxslarga esa 60 dan...