«UzAuto Motors» kompaniyasining Cobalt avtomobillari uchun shartnomalari qolmadi. Jami 14 250 dona sotildi.
Ertalab soat 10 da tashkilot mashinalarni kontraktatsiyaga qayta qoʻydi. 14 209 ta tuzilgan shartnomalar One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va bittadan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi. 41 shartnoma yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keldi.
«Onlayn kontraktatsiya jarayonida UzAutoSavdo tizimida 5 000 dan ortiq kiberhujum amalga oshirildi. UzAuto Motors mutaxassislari tomonidan ularning oldini olindi. Avtomobil xaridi uchun kontraktatsiya jarayoni mobaynida UzAvtoSavdo platformasi faoliyatida uzulishlar kuzatilmadi», deyiladi tashkilot bayonotida.
Sotuvda ikkita modifikatsiya bor edi: Gx – Optima At...