Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) ko‘chmas mulk bozoridagi o‘zgarishlarni tahlil qilgan so‘nggi ma’lumotni e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik oktabr oyida sekinlashishda davom etdi, sotuvlar o‘tgan oyga nisbatan 10% ga pasaydi.
Oldi-sotdi bitimlari soni bir oy oldingi 23 mingga nisbatan 21 mingtani tashkil etdi. Eng katta pasayish Surxondaryo viloyatida – 30 %, Namanganda – 24 % va Jizzaxda – 23 % kuzatildi.
Uy bozorida o‘rtacha faollik saqlanib qolgan Navoiy va Buxoro viloyatlarida o‘sish mos ravishda 12 va 0,8% tashkil etdi. Poytaxt viloyatida sotuvlar bir oyda atigi 1,7%, Toshkentda esa 3,2 % kamaydi, bir oy avvalgi...