Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Farmonga ko‘ra, kichik va oʻrta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy koʻnikmalar rivojlantiriladi. Katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalarda bilim olish, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv-metodik materiallari ishlab chiqiladi.
2025-yil 1-avgustgacha maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi doirasida ishlab chiqilgan elektron resurslar, audiovizual mahsulotlar va oʻquv-metodik materiallar yaratiladi.
Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida ota-onalar uchun shaxsiy kabinet yaratiladi va unda bolaning rivojlanish xaritasi ma’lumotlar joylashtirib boriladi.
Shuningdek, 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab bogʻchalar tomonidan Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida bolaning rivojlanish xaritasini...