Markaziy Osiyoda sifatli omborxonalar hajmi yaqin yillarda 46 mln kvadrat metrga yetishi mumkin. IBC Global va Colliers tahlilchilari ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda ushbu ko‘rsatkichning atigi 3 foizi mintaqa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
IBC Global boshqaruvchi hamkori Stanislav Axmedjanovning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo sifatli ombor ko‘chmas mulklari hajmi bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketishi mumkin.
1st Central Asia Warehouse Summit’da ekspertlar ushbu maqsadga erishish uchun qanday qadamlar zarurligini va o‘sishga qanday omillar yordam berishini muhokama qildi.
Qozog‘iston anchadan beri iqtisodiy o‘sishni namoyish etmoqda, bu esa sifatli omborlarga bo‘lgan talabni oshiradi. Mamlakatda ombor ko‘chmas mulklari hajmi 1,4 mln kvadrat metrni tashkil etadi, shundan faqat 578 ming kvadrat...