Buxoro viloyatida infratuzilmaviy investitsiya loyihalariga qariyb 200 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Ajratilgan mablag‘ $405 millionlik beshta loyihani ishga tushirishni tezlashtiradi.
Davlat rahbari kooperativ xaridlarda sanoat korxonalari yetarlicha ishtirok etmayotganini qayd etdi. Endi hamkorlik portalida faqat haqiqiy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadi.
Joriy yilda Buxoro va Qorovulbozorda $50 millionga elektrotexnika sohasida uchta obyekt ishga tushiriladi, temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod quriladi. Buxoroning tarixiy qismida zargarlik markazi ishga tushadi.
Turizmga oid masalalar ham ko‘tarildi. Har yili 5 million xorijiy sayyohni jalb etish uchun shart-sharoit yaratilmoqda. Shu maqsadda shahar markazida...