Toshkentda Ramazon hayiti o‘qilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati 10-aprel soat 00:00 dan 7.30 gacha cheklanadi. Bu haqda Toshkent IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumani:
«To‘ra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.Bektemir tumani:
«Xo‘ton»» masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Xusayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.Olmazor tumani:
«Islomobod» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY– Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha; «Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.Shayxontohur tumani:
«Shayx...