Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi so‘nggi haftalarda bir nechta hududda iste’molchilarning haqlarini tikladi.
Farg‘ona viloyati – Dang‘ara tumanida yashovchi fuqaro gaz ta’minoti korxonasi tomonidan 5 mln 117 ming so‘m miqdorida asossiz qarzdor deb topilgan. O‘rganishlar yakunida bu mablag‘ noqonuniy hisoblangani aniqlanib, qarzdorlik bekor qilindi.
Samarqand viloyati – Fuqaro tomonidan to‘rt oy avval «Dunyo Travel» MCHJdan o‘rnatilgan quyosh paneli sifatsiz bo‘lgani uchun uni almashtirish talabi bilan qilgan murojaatiga javoban, kamchiliklar bartaraf etilib, iste’molchiga 5 mln so‘m zarar qaytarildi.
Toshkent shahri – Fuqaro «Uzmobile» orqali «Uzmillion» viktorinasida yutgan 13,2 mln so‘m mablag‘ini ololmagani haqida shikoyat qilgan. O‘tkazilgan o‘rganish...