Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy yordamlarning samaradorligini oshirish va nogironligi bo‘lgan bolalar parvarishi bo‘yicha yangi tizimga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar ijtimoiy himoya tizimini yangilash va yanada adolatli qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
Endilikda «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» orqali yordamlar «Kambag‘al oilalar reyestri»ga asoslanib taqsimlanadi. Mablag‘lar tuman va shaharlardagi ijtimoiy ko‘rsatkichlarga muvofiq taqsimlanadi, oilalarning qo‘shimcha hujjat taqdim etishiga ehtiyoj qolmaydi.
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatlari joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Yil oxirigacha 2 mingga yaqin og‘ir nogiron bolalarni qamrab olish ko‘zda tutilgan. Bu, ayniqsa, ularning onalariga ishlash...