O‘zbekiston kosmosni, shu jumladan, oy va boshqa osmon jismlarini tadqiq etish va undan foydalanish bo‘yicha davlatlarning faoliyati tamoyillari to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi. Prezident bu boradagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Unga ko‘ra, bu koinotni tadqiq qilish, shuningdek, xalqaro loyihalarda ishtirok etish, resurslar va bilim almashish uchun imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.
Xalqaro hujjat 1966-yil 19-dekabrda BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va 1967-yil 27-yanvarda London, Moskva va Vashingtonda imzolangan. Hozircha unga 114 davlat qo‘shilgan, O‘zbekiston esa 115-ishtirokchi bo‘ldi.
Qonunni muhokamasi chog‘ida «O‘zbekkosmos» agentligi bosh direktori Shuhrat Qodirov mazkur shartnomani ratifikatsiya qilish O‘zbekistonning xalqaro kosmik loyihalar va tadqiqotlarda ishtirok etishi, shuningdek...