Kompaniya komplayens yetarli darajada emasligida gumon qilinmoqda
Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi Binance, Binance.US bo’linmasini yaratish orqali Amerika Qo’shma Shtatlarida (AQSh) jinoiy javobgarlikka tortilish xavfidan qochishga harakat qildi. Kompaniyalarning bizneslari reklama qilinganidan ko’ra ko’proq chambarchas bog’langan, yozadi Wall Street Journal.
Nashr kriptobirjalarning 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan hujjatlari bilan tanishdi, shuningdek, tashkilotlarning sobiq xodimlari bilan suhbatlashdi. Ma’lum bo’lishicha, Binance ishlab chiquvchilari Binance.US foydalanuvchilarining raqamli hamyonlari bilan bog’liq bo’lgan dastur kodi ustida ishlagan. Bu Xitoy kompaniyasiga AQSh mijozlari ma’lumotlariga kirish imkonini berishi mumkin.
«Biz tan olamiz, kompaniya mavjudligining dastlabki yillarida ular tegishli darajada muvofiqlik va nazoratni ta’minlamagan. Endi biz bu...