Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi Binance bosh direktori Changpeng Chjao pul yuvish ayblovlari tufayli iste’foga chiqishga rozi bo’ldi. Bitim Binance’ga katta jarima to‘lagan holda faoliyatini davom ettirish imkonini beradi, deb yozadi The Wall Street Journal manbalarga tayanib.
Jurnalistlar aniqlaganidek, Sietldagi sud majlisida Changpeng bu ishda aybini tan oladi. Bitim tuzilishi kutilmoqda, buning uchun kriptovalyuta birjasi jami 4,3 milliard dollar miqdorida jarima to‘lashni talab qiladi. Bundan tashqari, Changpeng shaxsan 50 million dollarni yo‘qotadi. Bu choralarning barchasi Binance’ga Amerika Qo‘shma Shtatlarida (AQSh) faoliyatini davom ettirish imkonini beradi.
Rahbarlik lavozimini tark etganiga qaramay, Binance asoschisi kriptovalyuta birjasining nazorat paketini saqlab...