Umumiy quvvati deyarli 12 000 MVt
Oʻzbekiston soʻnggi toʻrt yilda 25 ta zamonaviy elektr stansiyasini qurish boʻyicha umumiy qiymati 10,1 milliard dollarlik shartnomalar imzoladi, xabar qildi Energetika vazirligi.
Umumiy quvvati 11,9 ming MVt boʻlgan 25 ta elektr stansiyasidan toʻqqiztasi issiqlik, toʻqqiztasi quyosh energiyasidan, yettitasi shamoldan quvvatlanadi. Vazirlik ularning ishga tushirilishi O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimining joriy quvvatining 60 foizini tashkil etishini ta’kidladi.
Eslatib o’tamiz, joriy yilda mamlakatda 4,3 ming MVt quvvatga ega yashil elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari 2,1 ming MVtni tashkil qiladi. Quyosh panellari o’rnatiladigan uylar, korxonalar va ijtimoiy obyektlar uchun – 1,2 ming...