O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasisiz elektrosamokatda yurish taqiqlamoqchi. Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga kiritildi.
Hujjatga ko‘ra, skuterlar, elektrosamokatlar, elektromototsikllar va boshqa transport vositalarining harakatlanish tartibini aniqlash, ularni yo‘l harakati qoidalarida belgilash ko‘zda tutilgan. Qarorda yo‘l belgilarini tegishli ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirish zarurligi ham qayd etilgan.
Shunday qilib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab dvigatel hajmi 25 kub santimetr va undan ortiq yoki loyihaviy tezligi 25 km/soat va undan ortiq bo‘lgan transport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tishi kerak. Xuddi shu chora tirkamalar va yarim tirkamalar, shuningdek, elektr dvigateli 0,25 kVt quvvatga ega, tezligi 25 km/soat va undan yuqori bo’lgan transport vositalariga (elektr mototsikllari va elektroskuterlar) nisbatan...