O‘zbekiston Og‘a Xon jamg‘armasini O‘zbekistonning ikki muhim obidasi – Samarqanddagi Bibixonim masjidi va Buxorodagi Kalyan minorasini restavratsiya qilishga jalb qilmoqchi.
Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Og‘a Xon jamg‘armasining Madaniyat bo‘yicha bosh direktori Lui Monreal, Og‘a Xon jamg‘armasining Afg‘onistondagi madaniyat bo‘yicha bosh ijrochi direktori Ajmal Mayvandi va YUNESKOning sobiq Bosh kotibi Irina Bokova Jenevada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.
«Jamg‘armaning yuksak obro‘si va madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash borasidagi muvaffaqiyatli tajribasini inobatga olgan holda mazkur tashkilotni O‘zbekistonning ikkita muhim obidasini restavratsiya qilishga jalb etish rejalashtirilgan», — dedi Saida Mirziyoyeva.
U bu obyektlarni kelajak avlodlarga yetkazish uchun asrab-avaylash zarurligini...