O‘zbekiston Milliy kiberxavfsizlik indeksida (NCSI) 2023-yil uchun 94-o‘rinni egalladi. Hammasi bo‘lib, ushbu tadqiqot 176 ta pozitsiyani o‘z ichiga oladi. Indeks Estoniya elektron boshqaruv akademiyasi ekspertlari tomonidan tuzilgan.
Yil boshidan buyon mamlakatimiz 89-o‘rindan 94-o‘ringa tushib ketdi. 2022-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston 88-o‘rinni egallagan edi.
NCSIni tuzishda quyidagilar hisobga olinadi: global kiberxavfsizlik indeksi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va tarmoqning tayyorlik reytingi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston eng yaxshi natijani qayd etgan (78-o‘rin). Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (91), O‘zbekiston, Tojikiston (153) va Turkmaniston (164) joy olgan.
Kiber tahdidlardan eng ko‘p himoyalangan davlatlar Belgiya, Litva va Estoniya bo‘ldi. Mikroneziya, Palau va Janubiy Sudan Federativ shtatlarida...