Tuzni kamaytirish natijasida har yili 7 milliongacha hayot saqlab qolinadi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kelgusi uch yil ichida dunyo bo‘ylab tuz iste’molini 30 foizga kamaytirishni rejalashtirmoqda. JSST ma’lumotlariga ko’ra, bu har yili 7 milliongacha hayotni saqlab qoladi.
Mutaxassislarning fikricha, tuz tarkibidagi natriyni ortiqcha iste’mol qilish yurak xastaliklari, insult va bevaqt o‘limga olib keladi.
«Nosog’lom ovqatlanish butun dunyo bo’ylab o’lim va kasalliklarning asosiy sababidir va natriyni ortiqcha iste’mol qilish [bunday parhezlarning] asosiy elementlaridan biridir», dedi JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.
Bugungi kunda JSSTga a’zo davlatlarning atigi 5 foizi, ya’ni to’qqizta davlat natriy miqdorini majburiy va keng qamrovli kamaytirish siyosati...