Iyul oyining birinchi haftasi jahondagi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq hafta bo‘ldi – dunyo suv havzalari yuzasida harorat rekord darajaga yetdi, deb ma’lum qildi BMT Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO).
Tahlillarga ko‘ra, 7 iyul kuni dunyoda o‘rtacha harorat 17,24 darajaga yetdi, bu 2016-yil 16-avgustda qayd etilgan oxirgi rekorddan 0,3 darajaga yuqori.
«Shimoliy Atlantikadagi harorat misli ko‘rilmagan va katta tashvish uyg‘otmoqda. Ular modellar taqdim etgan barcha narsalardan ancha yuqori. Bu ekotizim va baliqchilik, shuningdek, bizning iqlimimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», — dedi tashkilotning global iqlim tadqiqotlari bo‘limi rahbari Maykl Sparro.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Antarktida muz qatlami iyun oyida rekord darajadagi eng past darajaga...